Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Akula hujumidan keyin yosh yigit oyog‘ini yo‘qotdi

Akula hujumidan keyin yosh yigit oyog‘ini yo‘qotdi

Foto: Corriere della Sera

Avstraliyaning Kvinslend shtatida tajovuzkor akula bilan to‘qnash kelgan yigit oyog‘idan ayrildi. Bu haqda Corriere della Sera xabar bermoqda.

Italiyaning Parma shahrida yashovchi 20 yoshli Matteo Mariotti 8 dekabr kuni yirtqichning hujumidan omon qoldi. Bir kun oldin yigit bobosidan ayrilgandi, shuning uchun suv ostiga sho‘ng‘ish uning xayolini qayg‘uli o‘ylardan xalos qilishiga yordam beradi, deb umid qilgandi. Mariotti niqob kiyib, baliqlarni suratga olish uchun kamera bilan suvga tushdi. U suvga sho‘ng‘ishi bilan besh-olti metr uzunlikdagi ulkan akula hujum qilib, oyog‘idan tishlab oldi.

Yigit yirtqichning hamlasidan qochishga bir necha bor uringan. Nihoyat akulaning o‘tkir tishlaridan qutilishning yo‘lini topdi va darhol kamerasini yoqib, qarindoshlari bilan xayrlashuv videosini yoza boshladi. Oxir-oqibat uning qichqirig‘ini suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha murabbiyi Tommaso Agosti eshitgan ekan. U yordamga shoshildi, yigitni qirg‘oqqa olib chiqdi va qonni to‘xtatishga harakat qildi.

So‘ng jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizildi. Jarohatlarning og‘irligi tufayli oyog‘ini tizzadan pastroq qilib kesishga to‘g‘ri keldi. Mariotti yaqin orada yana bir nechta operatsiyalarni o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring