Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abramovich Isroildagi eng qimmat villani sotib oldi

Abramovich Isroildagi eng qimmat villani sotib oldi

Foto: «globes.co.il»

Biznesmen Roman Abramovich Tel-Avivning shimolida elchixonalar joylashgan nufuzli Gersliya Pituax shaharchasidan Isroildagi eng qimmat villani 65 million dollarga sotib oldi. Bu Isroilda ko‘chmas mulk uchun rekord to‘lov hisoblanadi, deya xabar berdi «Globs».

«Koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqqan inqirozdan sal avval Isroil tarixida eng qimmat turar-joy oldi-sotdi shartnomasi imzolandi. Rossiya-isroillik milliarder Roman Abramovich Gersliya-Pituaxda 226 million shekel (64,5 million dollar) evaziga ko‘chmas mulk xarid qildi», — deb yozadi nashr.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, villaga tutash hudud maydoni 9,5 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Mulkning asosiy qismi uydan iborat. U 2006-yildan beri «Brevan Howard Asset Management» asoschilaridan biri, britaniyalik tadbirkor Alan Xovardga tegishli bo‘lgan.

Nashrning yozishiga qaraganda, oldingi egasi villani 9 million dollarga xarid qilib, so‘ng ko‘chmas mulkni yaxshilash uchun juda ko‘p mablag‘ sarflagan.

U villa hududini 6500 kvadrat metrdan 9500 kvadrat metrgacha kengaytirib, arxitektor Orli Shrem loyihalashtirgan ikkita ajoyib imorat solgan».

Villa hududida, shuningdek, tennis korti va gidravlik platformali basseyn bor: kerak bo‘lganda uni tadbirlar uchun mehmonxonaga aylantirish mumkin.

Abramovich 2018-yilda Isroil fuqaroligini qabul qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring