Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2026-yilda «Oskar»da yangi nominatsiya paydo bo‘ladi

2026-yilda «Oskar»da yangi nominatsiya paydo bo‘ladi

Dunyoning eng nufuzli kino mukofoti – «Oskar» 2026-yilda yangi nominatsiya bщyicha taqdirlashni boshlaydi.

Qo‘shma shtatlarning Kino san’ati va fanlari akademiyasi eng yaxshi kasting uchun mukofot berishini ma’lum qildi. Bu 2002-yilda qo‘shilgan «Eng yaxshi animatsion film» nominatsiyasidan beri birinchi yangi yo‘nalish bo‘ladi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda kasting-direktorlari kino sanoatining boshqa mutaxassislari, masalan, ovoz rejissyorlari, kiyimlar bo‘yicha mutaxassislar va grmchilar bilan bir qatorda e’tirofga etila boshlagan.

Kasting bo‘yicha mutaxassislar filmni yaratish jarayonining dastlabki bosqichlarida asosiy rol o‘ynaydi - ular aktyorlarni tanlash, ikkala A-list va yordamchi o‘yinchilarni yollash uchun mas’uldirlar.

«Kasting rejissyorlari kino sanoatida muhim rol o‘ynaydi. Biz ushbu yo‘nalishni ham e’tirof etish va taqdirlash maqsadida tanlab olayotganimizdan xursandmiz», – deyiladi Akademiya bosh direktori Bill Kramer va prezident Janet Yang qo‘shma bayonotda.

Bayonotda «Eng yaxshi kasting» haykalchasi taqdirlash marosimida topshiriladimi yoki yo‘qmi, bunga aniilik kiritilmagan. Hozirda tadbir davomida barcha 23 nominatsiya bo‘yicha mukofotlar jonli efirda topshirib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring