Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyliklar 160 ta filni ko‘tara oladigan material yaratishdi

Xitoyliklar 160 ta filni ko‘tara oladigan material yaratishdi

Foto: conejofeet.com

Pekindagi Sinxua universiteti olimlari shunchalik pishiq tola ishlab chiqishdiki, hatto bundan «kosmik lift» qurishda foydalanish mumkin deyishmoqda.

Uglerodli nanotrubkadan yasalgan bu tolaning bir kub santimetri shunchalik mustahkam ekanki, ustiga 160 ta fil chiqsa (800 tonnadan ziyod) ham ko‘tararkan. Tolaning vazni esa o‘ta yengil, atigi 1,6 gramm (bir kub santimetri). Xitoyliklar bu texnologiya uchun patent olishdi va tadqiqot tafsilotlarining bir qismini «Nature Nanotechnology» jurnalida chop etishdi.

— Bu katta sakrash. Ko‘ryapmizki, uglerodli nanotrubkalar boshqa materiallardan kamida 9—45 baravar pishiqroq, — dedi Siandagi Shimoliy-G‘arbiy politexnika universiteti olimi Van Chansin.

Yangi ashyo ko‘p sohalarda — sport qurilmalari yasash, aeronavtika va kosmonavtikada qo‘llanilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring