Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchar avtomobil qachon kirakashlik qiladi?

Uchar avtomobil qachon kirakashlik qiladi?

Foto: «Zen.yandex.ru»

«Hyundai» va «Uber» aeromobil ishlab chiqarish uchun birlashdi.

Amerikaning «Uber» va Janubiy Koreyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi «Hyundai» kompaniyalari Las-Vegasda Consumer Electronics Show (CES) 2020 elektronika ko‘rgazmasida uchar avtomobil konseptini taqdim etishdi, deya xabar berdi «REGNUM».

Taqdim etilgan konsept ko‘rinishidan yengil vertolyotga o‘xshaydi. Aeromobil vertikal uchish va qo‘nish tizimiga ega. Elektr dvigatellar soatiga 320 kilometr tezlik bilan harakatlanish imkonini beradi. Aeromobil bir marta quvvatlantirilganda 100 kilometr masofagacha to‘rttagacha yo‘lovchi tashishi mumkin.

Birinchi amaliy prototip 2020-yilda taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Ilk aeromobillar havodagi taksi uchun foydalaniladi. Tijorat maqsadida yo‘lovchi tashishlar 2023-yilga rejalashtirmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, «Uber» kompaniyasi havo transport vositalarini ishlab chiqishda Amerikaning «NASA» aerokosmik agentligi, shuningdek, «Bellron» va «Joby Aviation» kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. «Hyundai» bilan kelishuv esa «Uber»ga aeromobillarni ommaviy ishlab chiqarish imkonini beradi.

Kompaniya vakillarining fikricha, havo avtomobillarining ilk modellari boshqariladigan bo‘ladi. Biroq kelgusida ular uchuvchisiz boshqaruv tizimi bilan jihozlanib, mustaqil harakatlanishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring