Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell. Sirdaryo aholisiga bepul daqiqalar, SMS va megabaytlar

Ucell. Sirdaryo aholisiga bepul daqiqalar, SMS va megabaytlar

Foto: «Ucell»

Sardoba suv omborining o‘pirilishi Sirdaryo viloyati aholisi uchun falokatli bo‘ldi va mamlakatning ko‘plab tuzilmalari hamda xizmatlari uchun ham jiddiy professional sinovga aylandi. Toshqin zonasidan minglab odamlar o‘z vaqtida evakuatsiya qilindi. Birgalikda bugungi kunda ularga O‘zbekiston xalqi yordam bermoqda.

COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) — o‘zini O‘zbekistonning korporativ javobgar fuqarosi sifatida qabul qiladigan kompaniya. Ucell xodimlari tabiiy ofat olib keluvchi qiyinchilik va sinovlarga doimo chin yurakdan javob berishadi. Yaqinda Buxoroda shunday bo‘ldi. Shu kunlarda Sirdaryo viloyatida sodir bo‘lmoqda.

Qayta tiklash ishlari

O‘tgan kunlar texnik bo‘lim uchun oson kechmadi. Hodisadan bir necha soat o‘tgach, to‘g‘on buzilgan joy atrofida 10 ta tayanch stansiyasi xizmat ko‘rsatmayotganligi aniqlandi.

Barcha zarur jihozlar zudlik bilan keltirildi.

Texnik guruh tomonidan jihozlash ishlari amalga oshirildi, uchta yangi radiorele stansiyalari o‘rnatildi, ular mobil generatorlarni o‘rnatish bilan birga 2-may, keyingi ish kunining oxirigacha barcha joyda aloqani tiklashga imkon berdi. Barchasi bo‘lib, oltita mobil va bitta jadal generator o‘rnatildi.

Suv ortga qatgach, to‘g‘on singan joyning yaqin atrofidagi toshqinda qolgan uchta stansiyadan biri qayta tiklandi. Asosiy stansiyaning uskunalari to‘liq almashtirildi va dizel generatorining faoliyati tiklandi.

Tarmoqlarga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish bo‘limi boshlig‘i Vladimir Anufriyenko:

Texnik departamenti xodimlariga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Ushbu ishni bir yoqadan bosh chiqarib bajarganlarning barchasiga. Bu rejalashtirish va uskunalarni shakllantirish, ularni o‘rnatish bilan shug‘illangan montaj guruhlari, muhandislar, texniklar va elektrchilar. Bizning haydovchilarimiz va omborchilarimiz — aloqani tiklash uchun kuch ayamay ishlagan hamma.

Qayta tiklash ishlari

2020-yil 2-maydan boshlab Sardoba suv ombori suv toshqini oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolar evakuatsiya qilinadigan joylarda Ucell-Guliston, Ucell-Jizzax va Ucell-Markazi operatorlari uchun ish joylari tashkil etildi. Ular jabrlangan fuqarolarni imtiyozli tarif rejalariga ulash ustida ishladilar.

Shunday qilib, Guliston shahrida: Sirdaryo viloyati huquqshunoslik kolleji, Sirdaryo viloyati olimpiya zaxiralari kolleji, 1-sonli o‘rta maktab va 3-maktab. Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ham Yangiyer pedagogika kollejida ishlar olib borildi.

Shu jumladan, Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida: «Navro‘z» va «Manas» qishloq fuqarolar yig‘inlarida, Jizzax qishloq xo‘jalik va iqtisodiyot kollejida, Jizzax olimpiya zaxiralari sport kollejida, 5-sonli o‘rta maktabda va 29-maktabda evakuatsiya qilingan fuqorolarga xizmat ko‘rsatildi.

Natijada, 2-maydan 5-maygacha 200 dan ortiq kishi oylik to‘lovisiz imtiyozli tarif rejasiga ulandi.

Ucell volontyorlari

Toshqin sodir bo‘lgan joyga dastlabki soat va kunlarda nafaqat Ucell texniklari keldilar. «Gazel» avtomashinasiga yengil kurtkalar, sumkalar, bir martalik idishlar va tezda yig‘a olingan barcha narsalarni yuklab xodimlar yo‘lga chiqdilar.

Ucell sayyor jamoasi huquqshunoslik kollejida vaqtincha joylashtirilgan aholidan xabar oldilar.

Yakshanba kuni mutaxassislar Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi «Manas» qishlog‘iga yordam olib keldilar, u yerda ham toshqindan zarar ko‘rgan aholi joylashtirilgandi.

Gumanitar yordam orasida yig‘ilgan va sotib olingan: bolalar kiyimlari, yuvish vositalari, bir martali niqoblar, antiseptiklar, o‘yinchoqlar, navvot, stakanlar, choy, don, shakar va boshqalar bor edi. «Ucell volontyorlari» guruhi a’zolarining ishtiroki alohida e’tiborga loyiq, ular bu hafta ham Sirdaryo uchun zarur narsalarni tayyorladilar.

Bepul daqiqalar, SMS va megabaytlar

4 may, dushanba kunidan boshlab Sirdaryo viloyati aholisi uchun «Biz birgamiz» bepul xizmati kuchga kirdi.

Xizmatni faollashtirganda taqdim etiluvchi bonuslar:

  • Tarmoq ichidagi chiqish qo‘ng‘iroqlari uchun 1000 daqiqa;
  • O‘zbekiston bo‘ylab 1000 SMS;
  • 100 MB internet.

Ulanish 10-mayga qadar faqat bir marta har qanday ijobiy balans bilan taqdim etiladi.

Limitning amal qilish muddati: muvaffaqiyatli faollashtirilgan kundan boshlab 30 kun.

Xizmatga *464# raqamiga USSD-so‘rov yuborish orqali ulanish mumkin.

Bu ofat ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi cheksiz mehr egasi ekanligini yana bir bor isbotladi.

Biz birgalikda ushbu sinovlardan munosib ravishda o‘tamiz.

Har kuni Ucell mutaxassislari jamoasi innovatsion texnologiyalarni mamlakatimizning har bir burchagiga etkazish uchun ishlaydi. Ucell hayotning eng yaxshi sifati hamma uchun foydali va har yerda mavjud bo‘lishiga intiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring