Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell: Samarqandda ekoharakat (foto)

Ucell: Samarqandda ekoharakat (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Ucell xodimlari ikki yil davomida Toshkent, Nukus, Navoiy, Qarshi, Termiz, Urganch shaharlari va Toshkent viloyati obodonlashtirish boshqarmalari ko‘magida 14 ta ekologik harakatlarni amalga oshirishdi.

Ushbu tashabbuslar davomida 4042 tup kashtan, klyon, chinor, pavloniya, Lenkoran akatsiyasi, qarag‘ay, hind sireni, Eldar qarag‘ayi va ispan drake ko‘chatlari o‘tqazildi.

Jumladan, 2021 yil bahor faslida 3 ta ekologik harakat davomida:

  • Termiz shahrida 420 tup hind sireni, 420 tup ajoyib katalpa ko‘chatlari ekildi.
  • Qarshi shahrida 500 tup Eldor qarag‘ayi ko‘chati ekildi.
  • Toshkent viloyatida 170 tup hind sireni, 40 tup pavloniya, 10 tup yirik kashtan ekildi.

Ucell  2021 yilning oktyabr va noyabr oylarida kuzgi mavsumga rejalashtirilgan qarag‘ayning mahalliy navi – Urganch, Nukus va Buxoro shaharlarida «Gujum» daraxti, shuningdek, Samarqandda Qrim qarag‘ayi va katalpa daraxtini ekish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatdi.

Ucell-Samarqand hududiy filiali xodimlari, direktor v.b. Kamol Muhammadiyev bilan ko‘hna shahar ko‘chalarida sug‘orish tizimi mavjud joylarda va bu daraxtlar tez orada soya beradigan ko‘chalarga 80 tup katalpa daraxtini ekishdi.

Yana 20 tup saralangan Qrim qarag‘aylari Samarqand viloyati hokimligi yaqinidagi Ko‘ksaroydagi shaharliklar sayr qiladigan xiyobonga ekildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring