Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

So‘x tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

So‘x tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi — aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish maqsadida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

2020-yil 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida joylashgan Madaniyat markazi binosida «Raqamli texnologiyalari markazi» sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ochilish marosimi AKT vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, So‘x tuman hokimligi rahbarlari va xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi korxona va tashkilotlari vakillari hamda tuman yoshlari ishtirokida tashkil etildi.

Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan, unda yiliga So‘x tumanining 1200 nafarga yaqin yoshlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash, robototexnika asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring