Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Siz qaysi xizmatlardan onlayn tarzda foydalanishni istaysiz?

Siz qaysi xizmatlardan onlayn tarzda foydalanishni istaysiz?

«Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi» Yagona portalda onlayn davlat xizmatlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan so‘rovnoma tashkil qildi.

So‘rovnoma ikki xil ko‘rinishda tuzilgan:

1) http://bit.ly/egovuzbekistan Talab yuqori bo‘lgan 40 dan ortiq davlat xizmatlaridan tashkil topgan so‘rovnoma. Ushbu xizmatlar davlat organlari tomonidan taqdim etilayotgan davlat xizmatlari ko‘rsatish statistikasi tahlili asosida Markaz tomonidan aniqlandi.

2) http://bit.ly/egovuzbekistan 2 400 dan ortiq davlat xizmatlarini o‘z ichiga olgan so‘rovnoma. Ushbu so‘rovnoma. Sizdan ko‘proq vaqt ajratishingizni talab qiladi, biroq an’anaviy shaklda taqdim etiladigan xizmatlarning deyarli barchasini qamrab oladi.

Ovoz berishingiz uchun qulaylik yaratish maqsadida, xizmatlar ularni taqdim etadigan vazirlik va idoralar kesimida guruhlangan. Shu bilan birgalikda, har bir yo‘nalishda, siz o‘zingiz Yagona portal orqali olishni istagan xizmat nomini qo‘shishingiz mumkin (agar ular taklif qilingan ruyxatda mavjud bo‘lmasa).

So‘rovnoma 2019-yil 15-sentyabrgacha davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring