Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sherzod Shermatov Andijon logistika tajribasi bilan tanishdi

Sherzod Shermatov Andijon logistika tajribasi bilan tanishdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Marhamat tumani hokimi bilan ko‘rishib, xalqaro logistika kompaniyalari – Ershilogistika va Cargo Prime faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Bugungi kunda kompaniyaning viloyatda ijara asosidagi 3 ta ofisi mavjud bo‘lib, Andijon shahrida 2 ta va Marhamat tumanida eng katta ofisi joylashgan. Ershilogistika kompaniyasida 65 nafar, Cargo Prime’da 135 nafar xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shundan 35 nafarini ayollar tashkil etadi.

AKT vaziri Sherzod Shermatovning Andijon viloyatiga tashrifidan asosiy maqsad aynan dasturlash xizmatlari hajmining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushini va eksportini oshirishga qaratilgan bo‘lib:

  • Marhamatda faoliyat olib borayotgan korxonalarni kengaytirish;
  • viloyatning boshqa tumanlarida o‘z filiallarini tashkil etish uchun «O‘zbektelekom» AK va «O‘zbekiston pochtasi» AJ binolarida qulay infrastrukturaga ega BPO markazlarini imtiyozli shartlarda foydalanishga berish;
  • O‘zbekistondagi IT korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari bilan tanishtirish hamda ularni qiynayotgan muammolari bo‘lsa, qonuniy yechim topish masalasida suhbat olib borildi.

Cargo Prime logistika kompaniyasi faoliyatini kengaytirish va yana 250 nafar tuman yoshlarini ish bilan ta’minlash maqsadida, hududdan 1 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu maydonda besh qavatdan iborat bino, mehmonxona, o‘quv xonalari, ish joylari, dam olish xonalari hamda sport maydonchalari va yashil hududlar o‘rin egallaydi.

Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida kompaniya tomonidan 1,5 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritiladi. Loyihaning maqsadi IT va logistika yo‘nalishidagi xizmatlarni Marhamat tumanidan turib AQShga eksport qilish, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda yoshlarni bilim olish maqsadida akademiya tashkil etish hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring