Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung kompaniyasi eng arzon smartfonlarini chiqardi

Samsung kompaniyasi eng arzon smartfonlarini chiqardi

Foto: 91 Mobiles

Samsung kompaniyasi bir yo‘la ikki xil yangi smartfonini Hindistonda taqdim etdi. Galaxy A04 hamda Galaxy A04e «o‘ta arzon» toifaga kiritilgan, ularni hatto «Xiaomining qotili» deyishmoqda.

Har ikki smartfon MediaTek protsessorlari (Helio P35) bilan ta’minlangan. 6,5 dyuymli displeylari FullHD+ yechim hamda 5 MP kamera uchun tomchisimon yoriqlarga ega.

Asosiy kameralari farq qiladi: Galaxy A04 — 50 va 2 MP, Galaxy A04e — 13 va 2 MP.

Galaxy A04

Shuningdek, smartfonlarning ichki xotiralari ham turlicha sig‘imli. Galaxy A04 (bazaviy talqin) — 64 GB,  Galaxy A04e (bazaviy talqin) — 32 GB. Umumiy jihatlar: operativ xotira — 4 GB, akkumulyator — 5000 mAs, Android 12.

Galaxy A04e

Narxlar:

Galaxy A04ye

  • 3/32 GB — 110 dollar
  • 3/64 GB — 120 dollar
  • 4/128 GB — 140 dollar

Galaxy A04

  • 4/64 GB — 145 dollar
  • 4/128 GB — 160 dollar
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring