Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poyezdga chipta olish endi osonlashadimi — vokzalda qulayliklar yaratildi

Poyezdga chipta olish endi osonlashadimi — vokzalda qulayliklar yaratildi

Yo‘lovchi poyezdlariga chipta olish ancha osonlashadi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati Xabar.uz uchun ma’lumot berib o‘tdi.

Toshkentda Markaziy hamda janubiy temir yo‘l vokzallari chiptaxonalarida elektron navbat joriy qilindi, elektron tablo va monitorlar o‘rnatildi. Endilikda, har ikkala vokzalga kelgan yo‘lovchi, elektron navbat oladi hamda o‘rindiqlarda o‘tirib, zalga o‘rnatilgan monitorlarni kuzatib turadi.

Navbat hamda kassa raqami monitorda ko‘rinishi bilan, chipta xarid qilish uchun o‘sha kassaga borib murojaat qilishi mumkin. Bu birinchi galda, kassalar oldida uzundan-uzun navbatga turish va turli xil tushunmovchiliklarning oldini olsa, ikkinchidan operatorlar tomonidan yo‘lovchilarga sifatli va tez xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Chiptaxona zaliga o‘rnatilgan elektron tablodan esa, yo‘lovchilar «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ veb saytiga kirib poyezdlar harakat jadvali va boshqa ma’lumotlarni olishlari mumkin. Yana bir muhim yangilik, Toshkent markaziy temiryo‘l vokzali chiptaxona zalida o‘rnatilgan katta ekranda qaysi poyezdga va qaysi vagonda chipta bor yo‘qligi ko‘rinib turadi. Bu ham yo‘lovchilarga katta qulaylik yaratadi.

Jamiyat tomonidan chiptaxonalarga o‘rnatilgan mazkur elektron uskunalar sinov tariqasida ishlatilmoqda. Kelajakda bunday qulayliklar respublikamizning xududlaridagi temir yo‘l vokzallarida ham joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring