Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘simlik yog‘ida uchuvchi samolyot Atlantika okeanini kesib o‘tadi

O‘simlik yog‘ida uchuvchi samolyot Atlantika okeanini kesib o‘tadi

Foto: FlightGlobal

2023-yilda Virgin Atlantic aviakompaniyasining yetakchi samolyotlaridan biri — Rolls-Royce Trent 1000 motorlari o‘rnatilgan Boeing 787 Atlantika okeanini kesib o‘tadi. Parvozga Londondagi Hitrou aeroportida start beriladi, marra — Kennedi nomidagi Nyu-York aeroporti.

Loyihani Buyuk Britaniya hukumati molyalashtirmoqda.

Samolyot ekologik toza yonilg‘i yoqadi. Uning bakiga ishlov berilgan o‘simlik yog‘i va boshqa turdagi maxsus ishlangan moy va yog‘lar quyiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi yonilg‘i ishlatilsa, oddiy yonilg‘iga nisbatan, atrof-muhitga uglerod chiqindilari ajralishi 70 foizga qisqaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring