Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Microsoft» xitoyliklarga Amerika bozorlarini zabt etishda ko‘mak beradi

«Microsoft» xitoyliklarga Amerika bozorlarini zabt etishda ko‘mak beradi

Foto: «IBTimes UK»

«Microsoft» hamda Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi «Xiaomi» kompaniyalari bulutli texnologiyalar, sun’iy intellekt va apparat ta’minoti bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda «TechCrunch»ga tayanib «lenta.ru» sayti yozmoqda.

Ushbu kelishuv «Xiaomi»ga G‘arbda, jumladan AQShda o‘z biznesini kengaytirish, «Microsoft»ga esa Xitoy bozorida mustahkam o‘rnashish imkonini beradi.

Memorandum doirasida taraflar bir-birlarining texnologiyalaridan foydalanishi mumkin. Masalan, «Microsoft» «Xiaomi»ga jahon bozoriga chiqish uchun smartfonlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan «Azure» bulutli hisoblash texnologiyasidan foydalanishga imkon yaratib beradi.

Tomonlar shuningdek, «Microsoft»ning sun’iy intellekt borasidagi izlanishlariga doir masalalarni ham muhokama qildilar.

AKT sohasidagi yangiliklarni yorituvchi «The Verge» sayti memorandumning hamkorlarga hech qanday yuridik javobgarlik yuklamasligini ma’lum qildi. Bundan tashqari kelishuvning moliyaviy jihati haqida hech narsa ma’lum emas.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida AQSh maxsus xizmatlari amerikaliklarni Xitoy smartfonlari, ayniqsa «Huawei»dan foydalanishda ehtiyot bo‘lishga chaqirgan edi. Ularning fikricha kompaniya XXR hukumatiga ishlaydi va josuslikka aloqador bo‘lishi mumkin.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring