Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«MGovAward» road-shou: 12 viloyat, 5 mingga yaqin talaba va 100 000 dollar! (infografika)

«MGovAward» road-shou: 12 viloyat, 5 mingga yaqin talaba va 100 000 dollar! (infografika)

Foto: IT-Park

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT-Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklaridan bo‘lgan hamkorlar bilan birgalikda tashkil etilgan, mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollari bo‘lgan mobil ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha talabalar o‘rtasida «MGovAward» tanlovining yo‘l shousi yakunlandi.

IT-Park vakillari respublikamizning 12ta viloyatiga va Qoraqalpog‘iston avtonom Respublikasiga tashrif buyurdilar, 4930 km.dan ko‘proq masofani bosib o‘tib, 60 soatdan ko‘proq chiqish qildilar, 53ta universitet va institutlarning 4 700 nafardan ortiq talabalari bilan suhbatlashdilar.

«Mazkur road-shoudan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalarini iqtidorli va yosh dasturchilarni birinchi milliy ko‘rik-tanlov bilan tanishtirish, tanlov shartlari va talablarini tushuntirish va noyob IT-mahsulotlarni yaratishda istiqbolli kadrlarni rag‘batlantirish edi», deyiladi IT-Park xabarida.

«MGovAward» respublika ko‘rik-tanloviga arizalar qabul qilish hali ham davom etmoqda.

2020-yil 1-yanvargacha o‘z arizasini topshirishga ulgurganlarda mukofot jamg‘armasi 100 000 dollar bo‘lgan tanlovda g‘olib bo‘lishga imkoni bo‘ladi.

Mobil ilovalarni ishlab chiqish yo‘nalishlari: ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va madaniyat, tadbirkorlik, transport va logistika.

Loyihalarni tanlashning asosiy mezonlaridan biri quyidagilardan iborat bo‘ladi: ilovani kelgusida samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda osonligi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring