Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi INHA universitetida magistratura bo‘limi ochildi

Toshkent shahridagi INHA universitetida magistratura bo‘limi ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahridagi Inha universitetida «Raqamli transformatsiyadagi MBA» nomidagi magistrlik dasturi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu dasturda biznesni boshqarishning asosiy yo‘nalishlaridan tashqari sun’iy intellekt, big data va bulutli hisoblash mavzulari qamrab olingan. Shundan kelib chiqib dastur «ABC MBA» deb ham nomlanadi.

Dasturning maqsadi to‘rtinchi sanoat inqilobining yangi davriga qadam qo‘ygan talabalarga menejerlik tafakkuri va konvergent muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, hamda texnik, nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirib, tashkilotlarda raqamli biznes transformatsiyasini loyihalashtirish, amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini berishdir. Dastur moliyaviy xizmatlar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mehmondo‘stlik, ta’lim va hukumat kabi turli sohalarda biznesni raqamli transformatsiyasiga yordam beradi.

Ushbu kunduzgi ta’lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovatsion yosh avlodni raqamli transformatsiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga  va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.

Noyob ta’lim va o‘zaro aloqalar tajribasi ikki semestr davomida Toshkentda va ikki semestr davomida Koreyada taqdim etiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, Koreyadagi INHA universiteti tomonidan diplom beriladi.

Arizalar 2021-yil 1-apreldan qabul qilinadi. Qabul shartlari ushbu havolada: https://inha.uz/pages/216

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring