Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Inhada Sejong universiteti filialining koreys tili markazi ochildi

Inhada Sejong universiteti filialining koreys tili markazi ochildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun AOKAda «Toshkent shahridagi Inha universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov 2021-2022 o‘quv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi Inha universitetida masofaviy ta’lim berish platformasi — «IUT Distance Education System» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Tizim orqali talabalar video ma’ruzalar, taqdimotlarni yuklab olishi va o‘zlari istagan qulay vaqtda ko‘rishi mumkin.

Hamkorlar ko‘magi bilan magistratura bo‘yicha yangi yo‘nalish — «MBA in digital transformation» (Raqamli transformatsiya bo‘yicha biznes boshqaruv mutaxassisligi) ochildi.

IT-Park ko‘magi bilan universitetda IT-Inkubatsiya markazi ochildi. Markaz talabalarning innovatsion startap loyihalarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.

2021 yil yakunigacha universitetda «Dasturlash maktabi» ochilishi rejalashtirilgan. Kelgusida viloyatlarda ham shunday dasturlash maktablarini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.

Universitetda tahsil olayotgan viloyatdan kelgan talabalarning ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida joriy yilning mart oyida Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi yotoqxonasi ishga tushirildi.

Yotoqxonada 200 o‘rin mavjud bo‘lib, unda ichki maydonini samarali tashkil etilishi uchun INHA universiteti (Koreya Respublikasi) tajribasi qo‘llanildi.

2021 yil avgust oyida Toshkent shahridagi Inha universitetida «Voice on Inha» («Inha ovozi») matbuot klubi tashkil etilib, uning asosiy maqsadi — talabalarga o‘zlari uchun dolzarb masalalarni ochiq muhokama qilish imkoniyatini yaratib beradi.

2021-2022 o‘quv yili an’anaviy o‘qish shaklda, ya’ni oflayn, kunduzgi shaklda o‘tkaziladi. Yangi o‘quv yilida Toshkent shahridagi Inha universitetida raqamli ta’lim miqyosini kengaytirish maqsadida universitetning data markazini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, koreys tilini samarali o‘rgatish maqsadida 2021-2022 yangi o‘quv yilidan boshlab Inhada Toshkent shahridagi Sejong universiteti filialining koreys tili markazi ochildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring