Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim «ayti»chilar bilan ochiq muloqot qildi

Hokim «ayti»chilar bilan ochiq muloqot qildi

«Axborot texnologiyalari, raqamlashtirish sohasida Namanganda katta salohiyat bor. Mahalliy dasturchilarimiz tashqi bozorga chiqib, xizmatlar eksportini amalga oshirishmoqda. Ular ortidan borayotgan yoshlar ko‘p. Biz shu imkoniyatlarni birlashtirish yo‘lida yanada katta natijalarni qayd etishimiz lozim», — Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yetakchi AyTi kompaniya rahbarlari, dasturchi-frilanserlar bilan ochiq muloqot qildi.

Unda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 60 dan ortiq AyTi soxasi vakillari ishtirok etdilar.

— Kichik sanoat yetarli darajada rivojlandi. Bizga yangi yo‘nalishlar kerak. Diversifikatsiya lozim. Bunda albatta AyTi soha drayver bo‘lishi kerak. Buning uchun bizda yetarli sharoit, eng muhimi yuqori intellektli inson omili mavjud, — dedi viloyat rahbari.

Muloqotdagi fikr-mulohaza, takliflardan kelib chiqqan holda viloyatda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha yetakchi AyTi kompaniyalarni Namangan AyTi-Parkiga joylashtirish, bu manzilni qaynoq nuqtaga aylantirish lozimligi ta’kidlandi.

Startaplarni qo‘llash uchun alohida jamg‘arma tashkil etish va kreativ g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriq berildi.

Viloyat hokimining tashabbusi bilan shu formatdagi uchrashuvlar bir oyda bir marta o‘tkaziladigan bo‘ldi, deyiladi Media Departament xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring