Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘olib talabaga 50 000 AQSh dollari! O‘zbekistonda «mGovAward» tanloviga start berildi (onlayn translyasiya)

G‘olib talabaga 50 000 AQSh dollari! O‘zbekistonda «mGovAward» tanloviga start berildi (onlayn translyasiya)

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda birinchi marotaba dasturiy ilovalarni ishlab chiqish bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSh dollarini tashkil etadigan respublika tanlovi start berildi.

Bugun, 26-sentyabr kuni «ICTWEEK UZBEKISTAN» AKT haftaligi doirasida «O‘zekspomarkaz» MKK AJda «mGovAward» konferensiyasi boshlanmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida IT-Park tomonidan Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida O‘zbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi «mGovAward» respublika tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilinadi.

Konferensiyada yuqori martabali mehmonlar: O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vaziri, janob Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy boshchiligidagi delegatsiya, O‘zbekistonning bir qator vazirliklari rahbarlari va boshqalar ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu konferensiyadan onlayn translyasiya uyushtirilmoqda. 

Tanlovda talabalar 5 yo‘nalishda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin:

  1. Ta’lim;
  2. Sog‘liqni saqlash;
  3. Turizm;
  4. Transport va logistika;
  5. Biznes va G2B.

Tanlovning asosiy mezonlari quyidagilar bo‘ladi: bo‘lg‘usi ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi. Tanlovga arizalarni qabul qilish bugundan boshlanadi!

«mGovAward» tanlovida ishtirokchilar O‘zbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak bo‘ladi.

Tanlovning mukofot jamg‘armasi $100,000, shundan $50,000 birinchi o‘ringa, $30,000 ikkinchi o‘ringa va $20,000 uchinchi o‘ringa beriladi. Shuningdek, g‘oliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar!

Anketani to‘ldiring va birinchilardan bo‘lib tanlov ishtirokchisiga aylaning!

Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring