Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Xiaomi mobil telefonlari 100 daqiqa ko‘proq xizmat qiladi

Endi Xiaomi mobil telefonlari 100 daqiqa ko‘proq xizmat qiladi

Foto: «Techtoday.in.ua»

Xiaomi kompaniyasi akkumulyator texnologiyasi bo‘yicha yangi yutuqlarni qayd etdi. Energiya zichligini saqlagan holda batareya hajmini 10% ga kamaytirishga erishildi. Buning natijasida esa smartfonlarning batareya quvvati 100 daqiqaga oshdi. 2022-yildan boshlab, ushbu texnologiyadan foydalanish rejalashtirilgan.

Yangi avlod akkumulyatorlari tarkibiga kremniy miqdori yuqori bo‘lgan litiy qo‘shiladi, bu esa kremniy miqdorini 3 barobar oshirishga xizmat qiladi. Kremniy anodlar ustida 2016-yildan beri tadqiqot olib boriladi, yangi texnologiya esa batareyalarda sezilarli yaxshilanishni va’da qilmoqda.

Batareya hajmining qichrayishi yangi avlod PCM platasidan foydalanishga ham bog‘liq. Kompaniya ta’kidlashicha, endilikda PCM tekis joylashtirilmaydi, balki batareya elementiga 90° burchak ostida o‘rnatiladi, bu bilan esa yetarlicha joy tejalishi ko‘zda tutilgan.

Qo‘shimcha ravishda, batareya maxsus quvvat uzatuvchi chip bilan jihozlangan. U o‘zi ishlab chiqqan algoritmlardan foydalanib, xavfsizlikni oshirish uchun asosiy ma’lumotlarni tahlil qiladi. To‘liq quvvatlash holatida uzoq muddat qolib ketmasligi va batareya eskirishini sekinlashtirish maqsadida, kechki paytdagi quvvatlanish holati ham nazorat qilinadi. Shu bilan birga, batareya yuqori haroratli mavsumlarga mos ravishda o‘z haroratini sozlashi mumkin.

Akkumulyatorning ommaviy ishlab chiqarilishi kelasi yilning ikkinchi yarmida boshlanadi. Yangi batareya texnologiyasiga ega Xiaomi telefonlarini 2022-yil oxirida kutish mumkin.

Avvalroq Xiaomi katta akkumulyator sig‘imi uchun mo‘ljallangan 100 Vt quvvat olish texnologiyasini sinovdan o‘tkazayotgani ma’lum qilingan edi. Bu nafaqat quvvatlash vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, balki batareyaning uzoq muddatli xizmatini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring