Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident bugun Yuqorichirchiq tumaniga boradi

Prezident bugun Yuqorichirchiq tumaniga boradi

Prezident avval ham ushbu IT akademiyada bo‘lgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Yuqorichirchiq tumanidagi «Astrum» IT akademiyasiga tashrif buyuradi.

Davlat rahbari u yerda axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari, yosh dasturchilar, IT va kommunikatsiya kompaniyalarining rahbarlari va xodimlari bilan uchrashadi.

Uchrashuvda mamlakatimiz IT sektoridagi ishlarning bugungi ahvoli va uni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida Yuqori Chirchiq tumanida «Astrum» IT akademiyasi ochilgan va unda davlatimiz rahbari ishtirok etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring