Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bankomatlardan pul naqdlashtirishdagi cheklov yo‘qoldi, ammo komissiya to‘lovi 5 foizgacha oshishi mumkin

Bankomatlardan pul naqdlashtirishdagi cheklov yo‘qoldi, ammo komissiya to‘lovi 5 foizgacha oshishi mumkin

Foto: «uz24.uz»

Bankomatlar orqali plastik kartochkalardan cheklovsiz pul yechib olish yangi xizmati ishlab chiqildi, deb xabar tarqatdi «UzCard».

Endi har bir bank bankomatlar orqali mablag‘larni naqdlashtirish uchun komissiya to‘lovini mustaqil ravishda 0 foizdan 5 foizgacha belgilashi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tavsiyasiga ko‘ra, tijorat banklari naqdlashtirish foizini belgilangan stavkadan oshirish huquqiga ega emaslar.

Bankomatlar orqali mablag‘larni naqdlashtirishda avval mavjud bo‘lgan 100 000 ming so‘m miqdoridagi limit bekor bo‘ldi va endi cheklovni banklar mustaqil ravishda belgilaydi. Balki ular tomonidan cheklov umuman qo‘yilmasligi ham mumkin. Bugungi kunda «UzCard» tomonidan hech qanday cheklovlar qolmagan.

Mazkur xizmatlar «UzCard» kompaniyasi tomonidan o‘tgan yilning dekabridayoq ishlab chiqilgan va hamkor-banklarga taqdim qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring