Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aloqa va internet sohasidagi o‘zgarishlar haqida statistika

Aloqa va internet sohasidagi o‘zgarishlar haqida statistika

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Aloqa va internet sohasida yurtimizda qanday o‘zgarishlar bo‘ldi? Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati bu borada statistik ma’lumotlarni berib o‘tdi.

— 2019 yilda operatorlar va provayderlar uchun internet narxlari pasaytirildi. Ya’ni, narxlar o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar pasaytirildi.

— O‘tgan yili 2300 km. atrofida optik tolali aloqa liniyalari tortilgan bo‘lsa, oxirgi besh oyning o‘zida bu 6000 km.dan ortiqni tashkil etdi.

— So‘nggi olti oy ichida 1245 ta maktab, 734 ta maktabgacha ta’lim va 349 ta sog‘liqni saqlash muassasalari ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulangan. Yil oxirigacha yana 5000 ijtimoiy ob’yektni tarmoqqa ulash rejalashtirilgan.

— Bundan tashqari, keng polosali ulanishning 1,4 mln.dan ortiq porti ishga tushirildi, shundan joriy yilda 300 mingdan ortig‘i o‘rnatildi va 690 ming abonent ulandi.

— Mobil aloqa operatorlari tomonidan ikki mingdan ortiq baza stansiyalari qurildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring