Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi institutning barcha bitiruvchisi to‘liq ish bilan ta’minlandi

Toshkentdagi institutning barcha bitiruvchisi to‘liq ish bilan ta’minlandi

Foto: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining joriy yilgi 1093 nafar bitiruvchisi ish bilan to‘liq ta’minlandi. Bu haqda universitet matbuot kotibi Dilshod Rahmatov xabar berdi. 

9-11-aprel kunlari «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari O‘tkir Tursunqulov rahbarligida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga bag‘ishlangan ishchi komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatning 60 dan ortiq ishlab chiqarish sub’yektlari, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy kon-metullurgiya kombinati» DK va manfaatdor tashkilot vakillari ishtirokidagi yig‘ilishda institutni joriy yilda bitiradigan 1093 nafar bakalavr va magistrlari bilan individual suhbatlashdilar.

Institut bitiruvchilarni ishga taqsimlash jarayonida bitiruvchilardan qayerda ishlashni xohlashi to‘g‘risidagi olingan so‘rov-anketalari asos qilib olindi. Bitiruvchilarning oilaviy sharoiti, doimiy yashash joyi va taklif etilayotgan ish joylarida ishlash istagiga e’tibor qaratildi. Komissiya har bir bitiruvchiga taklif qilinayotgan ish joyi, mehnat va maishiy sharoitlari, lavozimi, ish haqi miqdori to‘g‘risidagi va boshqa zarur ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring