Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda mikrohududlar bo‘yicha ajratilgan maktablarga yo‘llanmalar berila boshlandi

Toshkentda mikrohududlar bo‘yicha ajratilgan maktablarga yo‘llanmalar berila boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazlari orqali bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayonlari muvaffaqiyatli boshlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bosh maslahatchisi Oybek Hasanov ma’lum qildi.

Ayni paytda qabulga kelgan ota-onalarga o‘z mikrohududlari bo‘yicha ajratilgan maktablarga yo‘llanmalar berilmoqda.

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolarga to‘liq elektronlashtirilgan, tezkor sifatli va shaffof xizmat ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining «Bolalarni davlat umumta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahridagi 81 ta talab yuqori maktablarda asosiy kvota bo‘yicha 1-sinfga qabul jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Maktablar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul «Bolalarni davlat umumta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti» asosida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring