Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent davlat pedagogika universitetida chetda o‘qishni istovchilar uchun maxsus kurs ish boshladi

Toshkent davlat pedagogika universitetida chetda o‘qishni istovchilar uchun maxsus kurs ish boshladi

Foto:«Uza.uz»

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 1-apreldan xorijda ta’lim olishga nomzod yoshlar uchun mo‘ljallangan maxsus chet tilini o‘rgatish o‘quv kurslari ish boshladi.

Universitet matbuot xizmatiga ko‘ra, «El-yurt umidi» jamg‘armasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur o‘quv kurslari chet elda malaka oshirishga nomzod professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlarning chet tillari (ingliz, fransuz, nemiz) bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashni nazarda tutadi.

TDPUda tashkil etilgan chet tillari bo‘yicha o‘quv kurslarida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat pedagogika universitetidan nofilologik yo‘nalishdagi professor-o‘qituvchilar, doktorant hamda magistrantlar mazkur kurslarda ishtirok etmoqda.

Xorijda malaka oshirishga nomzodlar uchun B1, B2 hamda A2 toifalari bo‘yicha ta’lim beriladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring