Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar yangi tartib bo‘yicha qancha stipendiya oladi? (jadval)

Talabalar yangi tartib bo‘yicha qancha stipendiya oladi? (jadval)

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 31-yanvardagi qarori bilan, 2020-yil 1-fevraldan boshlab, talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy etilgani xabar qilingandi.

«Huquqiy axborot» kanaliga ko‘ra, qarorga muvofiq, 2020-yil 1-fevraldan:

  • davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);
  • semestr yakuni bo‘yicha fanlardan faqat a’loga o‘zlashtirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;
  • semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi  (2019/2020-o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari tasdiqlandi.

Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun talabalarning o‘zlashtirish baholaridan kelib chiqqan holda to‘lanadigan stipendiyalar miqdori belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring