Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xabar.uz kolumnisti Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

Xabar.uz kolumnisti Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: vazirlik axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markaziga yangi direktor o‘rinbosari tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Shuhrat Sattorov Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini boshladi.

Shuhrat Sattorov 2004-2008 yillarda O‘zbekiston jahon tillari universitetining «Xalqaro jurnalistika», 2008-2009 yillarda Puna universiteti (Hindiston Respublikasi)ning «Ommaviy aloqalar va jurnalistika» fakultetlarida tahsil olgan.

2018-2020 yillarda Janubiy Koreyaning Yonsey universitetida «Davlat, biznes va tadbirkorlik» fakultetida magistratura yo‘nalishini tamomlagan.

Sh.Sattorov yurtdoshlarimiz orasida dolzarb mavzulardagi maqolalari, adabiy-badiiy tarjimalari, «Biz g‘alaba qozonamiz» kitobi bilan yaxshi tanilgan.

Respublika ta’lim markazi direktori o‘rinbosari lavozimida Shuhrat Sattorov darslik, ularning multimedia ilovalari va o‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va chop etishni muvofiqlashtiradi.

Qayd etish lozim, Shuhrat Sattorov «Xabar.uz» kolumnisti sifatida bir qancha maqolalar e’lon qilgan. Tahririyat jamoasi uning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring