Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Attestatsiyada qatnashmagan oliy toifali pedagoglar malaka toifasini yo‘qotgani rostmi?

Attestatsiyada qatnashmagan oliy toifali pedagoglar malaka toifasini yo‘qotgani rostmi?

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yildan ortiq mehnat stajiga ega oliy toifali pedagoglarning joriy yil o‘tkazilgan attestatsiya jarayonlarida ishtirok etmaganligi natijasida mavjud malaka toifasini yo‘qotganligiga doir noto‘g‘ri talqinlar tarqalmoqda, deb yozdi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov o‘z telegram-kanalida.

«Xavotirga o‘rin yo‘q! Xalq ta’limi vaziri sifatida shuni alohida ta’kidlab o‘tamanki, joriy yil mart-may oylarida malaka toifasi olish uchun o‘tkazilgan attestatsiya davrida amalda bo‘lgan tartibga asosan, 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifaga ega pedagoglarning attestatsiyadan o‘tishi majburiy bo‘lmagan va ularning oliy toifa malakasi umrbod saqlab qolinadi.

Shuningdek, albatta, ushbu toifadagi pedagog xodimlarimizning oylik ish haqlari oliy malaka toifaga tegishli lavozim okladidan to‘lanadi», — dedi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring