Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yigit Tataristonda «Yil talabasi» bo‘ldi

O‘zbekistonlik yigit Tataristonda «Yil talabasi» bo‘ldi

O‘zbekistonlik talaba Kamoliddin Boboxonov Tataristonda «Yil talabasi» tanlovida g‘olib chiqdi. U jahonning istalgan oliygohini tanlashi va Tatariston hisobidan o‘qishi mumkin. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsuli Fariddin Nosirov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Kamoliddin Boboxonov shuningdek Tatariston Respublikasi tomonidan 50 ming rubl mukofot bilan taqdirlangan. Tatariston Prezidenti Rustam Minnixonovning shaxsan o‘zi Kamoliddin Boboxonovni ushbu g‘oliblik bilan qutladi.

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi konsulligida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida Bosh konsul Fariddin Nosirov tomonidan o‘zbekistonlik talabaga minnatdorlik xati va esdalik sovg‘asi taqdim etildi. Shu bilan birga talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga qilgan murojaati bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring