Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTM magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda

OTM magistratura bosqichiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jami qabul qilingan arizalar soni 5 ming 219 tani tashkil qilgan.

Shundan:

  • xorijiy til sertifikatiga egalar — 4 ming 582 nafar;
  • davlat stipendiantlari — 296 nafar;
  • kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 nafar;
  • kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 nafar;
  • ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 nafar.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichiga topshirish majbur bo‘lgan hujjatlarga yana bir hujjat – chet tilini bilish darajasini belgilovchi sertifikat ham qo‘shilgan.

Natijada esa 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari uchun ajratilgan 16 933 ta kvotaning bir qismi to‘lgan, xolos.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring