Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

200 nafar bo‘lajak shifokor yetakchi xorijiy OTMlarda o‘qitiladi

200 nafar bo‘lajak shifokor yetakchi xorijiy OTMlarda o‘qitiladi

Фото: Xabar.uz

«Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan:

  • tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi;
  • tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi;
  • tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

Quyidagi magistrlik yo‘nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko‘riladi:

  • «Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish» (Public Health and Healthcare Management);
  • «Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma’lumotlar tahlili» (Public Health: Epidemiology and data science/data analytics);
  • «Jamoat salomatligi: ovqatlanish» (Public Health: Nutrition);
  • «Profilaktik tibbiyot» (Preventive Medicine);
  • «Jismoniy faollik va reabilitatsiya» (Physical Activity and Rehabilitation).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring