Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda Milliy universitet filiali tashkil etildi

Jizzaxda Milliy universitet filiali tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi 563-sonli qarori bilan Jizzax shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining filiali tashkil etildi.

Filialda quyidagi va boshqa ehtiyoj yuqori bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi:

— psixologiya;
— pedagogika;
— matematika va tabiiy fanlar;
— mexanika.

Filial xorijiy davlatlarning yetakchi OTMlari bilan, jumladan, psixologiya sohasida Rossiya Federatsiyasining yetakchi OTMlari bilan hamkorlikda qo‘shma dasturlar asosida malakali kadrlar tayyorlaydi.

2019/2020 o‘quv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari O‘zR ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring