Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AndDU doktoranti muddatdan avval himoya qilgani uchun 112 mln. so‘m rag‘batlantirish oldi

AndDU doktoranti muddatdan avval himoya qilgani uchun 112 mln. so‘m rag‘batlantirish oldi

Foto: Edu.uz kanali

Behzodbek Sirojidinov 2020-yil yanvar oyida Botanika ixtisosligi bo‘yicha doktoranturaga qabul qilingan. Joriy yilning noyabr oyida esa O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti huzuridagi biologiya fanlari bo‘yicha fan doktori ilmiy darajalarini beruvchi DSc.02/30.12.2019.B.53.01 raqamli ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida o‘zining «G‘o‘za navlarining genotiplarini boyitishda turli genomli turlardan foydalanish» mavzusidagi 03.00.09 – Umumiy genetika ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qildi.

Ahamiyatli jihati, yosh olim O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarorining 16-bandiga muvofiq o‘qish muddati tamom bo‘lishidan 2 yil oldin doktorlik dissertatsiya (DSc) ni himoya qilgani uchun 112 mln. so‘m miqdorida rag‘batlantirildi.

Behzodbek Sirojidinov 2017-yilda biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini, 2020 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. U shu vaqtga qadar ilmiy tadqiqot ishlariga doir 2 ta monografiya, 1 ta o‘quv hamda 3 ta uslubiy qo‘llanma, 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop ettirgan, 1 ta patent guvohnomasi mavjud. «G‘alaba» nomli yangi paxta navini yaratgan.

Boshqa paxta navlari doimo madaniylashtirilgan paxta navlari bilan seleksiya qilingan, bu esa ularning kasalliklarga va hasharotlarning zarar yetkazishiga qarshi tura olmagan.

Yosh tadqiqotchi ilmiy ishining ahamiyati shundaki, g‘o‘za genofondida mavjud bo‘lgan yovvoyi turlar asosida yangi, genetik jihatdan boyitilgan interogressiv duragay shakllar olishga erishgan. Bu birinchidan g‘o‘zani zararkunandalarga qarshi o‘zining tabiiy «immunitet»ga ega bo‘lishini ta’minlasa, ikkinchidan paxta yog‘i tarkibidagi eng zararli modda hisoblanmish gossipolning miqdorini kamaytirish imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring