Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Agrar universitetining uchta filiali institutga aylantiriladi

Agrar universitetining uchta filiali institutga aylantiriladi

Foto:«Xabar.uz»

Hukumat qarori bilan Agrar ta’lim tizimining 2030-yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligida «Aqlli qishloq xo‘jaligi» (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalar joriy qilinadi.

Strategiyaga ko‘ra, 2030-yilga qadar, jumladan:

- 30 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi;

- qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari soni 20 taga yetkaziladi;

Agrar ta’lim tizimidagi OTMlarni dunyoning nufuzli 1000 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati (QS reyting tizimi)ga kiritish choralari ko‘riladi.

2020-2021 o‘quv yilidan sohadagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring