Abituriyentlar uchun qulaylik – endi my.gov.uz orqali hujjat topshirish mumkin
Abituriyentlar ta’lim muassasalariga hujjat topshirishini yengillashtirish maqsadida my.gov.uz portalida sahifa ochildi.
Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda muammolar yuzaga kelayotgani haqida ko‘p bora yozilgan edi. Xususan, DTM sayti mavjud ehtiyojni qanoatlantira olmayotgan bo‘lsa, Davlat xizmatlari markazlarida ham uzun navbatlar hosil bo‘layotgan edi.
Endi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bo‘lgan my.gov.uz saytida ham hujjat topshirish imkoni taqdim etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter