Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sinfga qabul arizasi qay holatda rad qilinadi?

1-sinfga qabul arizasi qay holatda rad qilinadi?

Foto: Xabar.uz

Kecha, 20 iyundan e’tiboran 2023/2024 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari boshlandi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati qabul bilan bog‘liq qator savollarga javob qaytardi.

Qabul 2 bosqichda: 1-bosqich – 20 iyundan 31 iyuliga qadar maktablarga mahalliy hokimlik qarorlari bilan biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha; 2-bosqich – 1-15 avgust kunlari mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari amalga oshiriladi.

Qabul komissiyasi 3 ta holatda arizani rad etishi mumkin:

  • bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktabida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
  • tanlagan ta’lim tilida boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
  • so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa.

Arizasi rad etilgan fuqarolar avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchilikni bartaraf etgan holda qayta ariza berishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring