Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yunayted»ning irodali g‘alabasi. «Siti»ning chempionligi kechiktirildi (video)

«Yunayted»ning irodali g‘alabasi. «Siti»ning chempionligi kechiktirildi (video)

Foto: Twitter / Premier League

Bugun, 7-aprel kuni Angliya chempionatining 33-tur o‘yinlari boshlandi va aksar uchrashuvlar yakuniga yetdi. Ayniqsa, mazkur tur derbilarga boyligi bilan qiziqarli edi.

Turni ochib bergan Liverpul derbisi keskin kurashlarga boy o‘tdi. Ammo YeChL doirasida «Manchester Siti»ga uchta gol urgan «qizillar» bugun «Everton» darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Turning markaziy uchrashuvida chempionlik sari dadil yurib kelayotgan «Manchester Siti» jamoasi o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. Bu derbi shunisi bilan ahamiyatli ediki, agar «shaharliklar» g‘alaba qozonishsa, muddatidan oldin Angliya chempioni bo‘lishardi.

Shunday ishtiyoq bilan uchrashuvni boshlagan «shaharliklar» birinchi taymni ishonchli tarzda yakunladi va tanaffusga 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan chiqib ketishdi. Biroq ikkinchi taymda «qizil iblislar» o‘zlariga kelishdi va Pol Pogba ketma-ket ikkita gol urib, hisobni tenglashtirdi. Standart vaziyatdan unumli foydalangan Smolling esa g‘alaba to‘pini kiritdi.

Shu tariqa «Siti»ning chempionlikni nishonlashi kamida bir haftaga kechiktirildi, ammo keyingi turda ularni yana bir jiddiy raqib — «Tottenxem» kutib turibdi. 33-turning yana bir derbisi ertaga Londonda o‘tkaziladi.

Angliya chempionati, 33-tur

«Everton» - «Liverpul» - 0:0

«Uotford» - «Bernli» 1:2
Gollar: Pereyra, 61 (1:0). Vouks, 71 (1:1). Kork, 74 (1:2).

«Stok Siti» - «Tottenxem» - 1:2
Gollar: Eriksen, 52 (0:1). Diuf, 57 (1:1). Keyn, 63 (1:2).

«Lester» - «Nyukasl» - 1:2
Gollar: Shelvi, 18 (0:1). Peres, 75 (0:2). Vardi, 84 (1:2).

«Brayton» - «Xaddersfild» 1:1
Gollar: Lossl, 29 avtogol (1:0). Mune, 33 (1:1).

«Vest Bromvich» - «Suonsi» 1:1
Gollar: Rodriges, 54 (1:0). Abraxam, 75 (1:1).

«Bornmut» - «Kristal Pelas» 2:2
Gollar: Milivoyevich, 47 (0:1). Musse, 65 (1:1). Zaxa, 75 (1:2). King, 89 (2:2).

«Manchester Siti» - «Manchester Yunayted» 2:3
Gollar: Kompani, 25 (1:0). Gyundogan, 30 (2:0). Pogba, 53 (2:1). Pogba, 55 (2:2). Smolling, 69 (2:3).

8-aprel, yakshanba

«Arsenal» - «Sautgepton»

«Chelsi» - «Vest Xem»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring