Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xavi Zidanning rekordini yangiladi

Xavi Zidanning rekordini yangiladi

Ispaniya chempionatining 7-turida safarda «Barselona» 1:0 hisobida «Malorka» ustidan g‘alaba qozondi. G‘alaba kataloniyaliklarga muhim uch ochko keltirishdan tashqari, bosh murabbiy Xaviga Zinedin Zidanning rekordini yangilash imkonini ham berdi.

42 yoshli Xavi boshchiligida «Barselona» 18 o‘yindirki, safarda mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Avvalgi rekord Zidanga tegishli edi — uning qo‘l ostida «Real» 2016-yilda qatorasiga 17 ta safar o‘yinida yengilmagandi.

Yetti o‘yinda 19 ochko to‘plagan «Barselona» La Liga turnir jadvalini boshqaryapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring