Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umid Ahmadjonovning qabulxonalari ochildi

Umid Ahmadjonovning qabulxonalari ochildi

Foto: olympic.uz

Umid Ahmadjonovning qabulxonalari ochildi: biri O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti qabulxonasi, ikkinchisi O‘FA birinchi vitse-prezidenti qabulxonasi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti qabulxonasi

Qabulxonani ochishdan maqsad O‘zbekistondagi sport muxlislari bilan yanada yaqin bo‘lish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish, fuqarolar bilan jonli muloqot qilish, Olimpiya sport turlari bo‘yicha ularning fikr va mulohazalarini tinglash, takliflariga quloq tutish ekanligi ma’lum qilingan.

Xabar berilishicha, har haftaning payshanba kuni soat 14:00 dan 18:00 ga qadar yurtimizdagi sport muxlislari qabulxonaga kelib, o‘zlarini qiziqtirgan mavzuda MOQ prezidentiga murojaat qilishlari mumkin. Umid Ahmadjonov qabulxonaga kelgan har bir fuqaroning murojaatini tinglaydi va o‘sha murojaat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini shaxsan nazorat qilib boradi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor ko‘chasi, 6-uy.

Telefon: (+99871) 2444141.


O‘FA birinchi vitse-prezidenti qabulxonasi

Ushbu qabulxona O‘zbekistondagi futbol muxlislari bilan yanada yaqin bo‘lish, mamlakatning istalgan chekkasidagi fuqarolar bilan jonli muloqot qilish, ularning fikr va mulohazalarini tinglash, takliflariga quloq tutish  maqsadida ochilgani ma’lum qilindi.

Har haftaning chorshanba kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar yurtimizdagi har bir futbol muxlisi qabulxonaga kelib, o‘zini qiziqtirgan mavzuda O‘FA birinchi vitse-prezidentiga murojaat qilishi mumkin. Umid Ahmadjonov qabulxonaga kelgan har bir insonning murojaatini tinglab, o‘sha murojaat bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishini shaxsan nazorat qilib boradi.

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 98/A uy.

Telefon: (+99871) 2309058

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring