Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tottenhem» Antonio Konteni chaqirmaydigan bo‘ldi: sababi ikkita

«Tottenhem» Antonio Konteni chaqirmaydigan bo‘ldi: sababi ikkita

Foto: «Global Look Press»

Milanning «Inter» klubi sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte Angliyaning «Tottenhem» klubiga chaqirilmaydigan bo‘ldi. «Shporlar» rahbarlari ikki sabab tufayli italiyalikdan voz kechishdi, deyiladi «Sky Sports» xabarida.

Birinchidan, Kontening yosh futbolchilar bilan ishlash niyatida emasligi «Tottenhem» rahbariyatiga yoqmagan. Ikkinchidan, italiyalik mutaxassis «Tottenhem» sovrinlar uchun kurashishga hozir tayyor emasligini aytib, londonliklar jamoasi kattalarining hafsalasini pir qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Konte 11 yillik tanaffusdan so‘ng «Inter»ga Italiya chempionligini olib berishi hamonoq iste’foga chiqqandi. U jamoani kelgusida rivojlantirish borasida «neradzurri» rahbariyati bilan bir to‘xtamga kela olmagan va har ikki tomonning roziligi bilan shartnoma bekor qilingandi.

«Tottenhem»da esa Joze Mourinyu bo‘shatilganidan so‘ng, bosh murabbiy lavozimi bo‘sh turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring