Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rostov» safarda «Arsenal»ni yengdi. Shomurodovdan «gol+pas» (video)

«Rostov» safarda «Arsenal»ni yengdi. Shomurodovdan «gol+pas» (video)

Foto: Sport24

Rossiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Arsenal» – «Rostov» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Arsenal» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Roman Yeryomenko rostovliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Eldor Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Aleksey Ionov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

67-daqiqada mezbonlar ilk gollarini urishdi. 81-daqiqada Shomurodov jamoasining uchinchi golini urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda maydon egalari ikkinchi marta hisobni qisqartirishga erishdilar.

Shu tariqa, «Rostov» 7 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

RPL, 3-tur
«Arsenal» Tula – «Rostov» 2:3 (0:1, 2:2)

Gollar: 0:1 – 21 Yeremenko, 0:2 – 49 Ionov, 1:2 – 67 Lutsenko, 1:3 – 81 Shomurodov, 2:3 – 90 Chaushich.

«Arsenal» Tula – Nigmatullin, Grigalava, Xagush (Kombarov, 76), Alvares, Belyayev, Tkachev, Kostadinov (Gorbatenko, 72), Lesovoy, Lomovitskiy (Banda, 79), Chaushich, Lutsenko.

«Rostov» – Pesyakov, Kozlov, Chernov, Chistyakov, Sigurdsson, Yeremenko, Bayramyan (Zuyev, 70), Popov (Glebov, 67), Normann, Ionov, Shomurodov (Sigurdarson, 84).

Ogohlantirishlar: Grigalava (11), Kozlov (27), Kostadinov (37), Popov (47), Bayramyan (57), Gorbatenko (80).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring