Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«PSJ» Zidanni nishonga oldi

«PSJ» Zidanni nishonga oldi

«PSJ» klubi rahbariyati joriy mavsum yakunida bosh murabbiyni almashtirish haqida o‘ylamoqda.

Téléfoot nashrining yozishicha, parijliklarning qatarlik xo‘jayinlari 2016-2018-yillar oralig‘ida uch marta UYeFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanni murabbiy sifatida ko‘rishni orzu qilmoqda.

Bundan tashqari, «PSJ» bosh murabbiylik uchun «Bavariya»ning sobiq ustozi Yulian Nagelsmann va hozirda «Roma»ni boshqarayotgan Joze Mourinoni ham ko‘rib chiqmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionati turnir jadvalida «PSJ» «Lans»dan uch ochkoga ilgarilab, birinchi pog‘onada bormoqda.

Chempionlar ligasida Kristofer Galtiyer shogirdlari ikkita o‘yindan so‘ng umumiy hisobda 0:4 hisobida «Bavariya»dan mag‘lub bo‘lib, 1/8 final bosqichida musobaqani yakunladi.

Avvalroq Lionel Messi «PSJ» vakillaridan uzr so‘ragani xabar berilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring