Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtakor» va «Nasaf» OChLda qancha pul ishlagani aytildi

«Paxtakor» va «Nasaf» OChLda qancha pul ishlagani aytildi

Futbol eksperti Alisher Nikimboyev Toshkentning «Paxtakor» va Qarshining «Nasaf» jamoalari Osiyo chempionlar ligasi ligasi guruh bosqichidagi o‘yinlari uchun qanchadan pul ishlagani haqida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, 2 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, ammo guruh bosqichida qolib ketgani uchun poytaxtliklar 100 ming dollar ishlab olgan.

Ikkita g‘alaba va bitta durangga erishgan «Nasaf» esa 130 ming dollar oladi. 1/8 finalga chiqqani uchun keyingi yilda qo‘shimchasiga yana 100 ming klub hisobraqamiga tushirib beriladi.

Agar qarshiliklar chorak finalga yetib borsa, 150 ming, yarim finalga chiqsa, 250 ming dollarga boyiydi.

Musobaqa finalida qatnashgan jamoalarga 2 mln. dollar, agar g‘olib chiqsa, 4 mln. dollar mukofot puli beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring