Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek futbolchisi ilk bor APLda o‘ynaydi

O‘zbek futbolchisi ilk bor APLda o‘ynaydi

O‘zbekistonlik futbolchi Muhammadali O‘rinboyev Angliyaning «Brentford» klubiga ijaraga berildi. 

O‘zbek futboli tarixida birinchi bor futbolchimiz O‘zbekistondan Angliyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi. «Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev faoliyatini APL ishtirokchisi «Brentford» klubida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30-iyunga qadar «Brentford»da ijarada asosida o‘ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. O‘rinboyev «Paxtakor»da 17 yoshga to‘lmasdan o‘z debyutini o‘tkazgan va o‘z yosh toifasida terma jamoa a’zosi sanaladi.

Hozirgacha Angliyaning professional klublarida o‘zbek futbolchisi faoliyat olib bormagan.

Hozirgi paytda «kuchli beshlik»dagi Italiya va Fransiya chempionatlarida vakillarimiz o‘yanmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring