Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbekneftgaz» rahbari «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimiga tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» rahbari «Bunyodkor» futbol klubi prezidenti lavozimiga tayinlandi

«Bunyodkor» futbol klubi rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi. «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev rasman klub prezidenti etib tayinlandi.

Qayd etilishicha, «Bunyodkor» futbol klubi Kuzatuv kengashi yig‘ilishida klub moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar ham muhokama qilingan.

Ma’lumot uchun, Mehriddin Abdullayev 1969 yil Buxoro viloyati Jondor tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi – iqtisodchi, huquqshunos. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston milliy banki va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring