Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik sportchi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchi yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Bugun, 15-iyul kuni Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida ko‘pkurash yo‘nalishida ishtirok etgan Yekaterina Voronina oltin medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik sportchi 100 metrga to‘siqlar osha yugurish dasturida 14.62 soniya (892 ochko), balandlikka sakrashda 1.77 metr (941), yadro uloqtirishda 13.19 metr (740), 200 metrga yugurishda 25.13 soniya (875), uzunlikka sakrashda 6.07 metr (871), nayza uloqtirishda 51.87 metr (896) va 800 metrga yugurishda 2:15:68 daqiqa (883) qayd etib, jami 6 098 ochko jamg‘arishga erishdi. 

Shu tariqa mazkur yo‘nalishdagi g‘olib va sovrindorlar:

  • Yekaterina Voronina (O‘zbekiston) – 6098
  • Svapna Barman (Hindiston) – 5840
  • Yuki Yamasaki (Yaponiya) – 5696
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring