Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbari O‘FAga prezident etib saylandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» rahbari O‘FAga prezident etib saylandi

Foto: O‘FA

Bugun, 25-yanvar kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining maxsus muxbiri ushbu tadbirda ishtirok etmoqda. Muxbirimizning xabar berishicha, deyarli bir yarim soat kech boshlangan bugungi konferensiyada Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi Ochilboy Ramatov O‘FA prezidenti etib saylandi.

Eslatib o‘tish kerak, O‘zbekiston futbol federatsiyasi endi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi deb nomlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring