Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Barselonadagi millatlar kubogi finalida qatnashadi

O‘zbekiston Barselonadagi millatlar kubogi finalida qatnashadi

O‘zbekiston jamoasi Ispaniyaning Barselona shahrida ot sporti bo‘yicha o‘tadigan millatlar kubogi finaliga yo‘llanma oldi.

Longines FEI Jumping musobaqasining final bosqichi 1 oktyabr kuni boshlanadi. O‘zbekiston nomidan quyidagi sportchilar ishtirok etadi:

  • Bahromjon Gaziyev - Metts v.G.;
  • Umid Komilov - Avelino de Kresta;
  • Bekzod Qurbonov - Kamiro D;
  • A’zam Tolibboyev - Klass de Katoki.

Musobaqada qatnashuvchi boshqa davlatlar: Belgiya, Braziliya, Kanada, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, AQSh.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring