Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbek xokkeyidagi tarixiy kun sanasi ma’lum qilindi

O‘zbek xokkeyidagi tarixiy kun sanasi ma’lum qilindi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Xabaringiz bor, xokkey bo‘yicha Toshkentning «Humo» klubi yangi mavsumni Rossiyaning Oliy xokkey ligasida o‘tkazadi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Bugun mazkur musobaqaning taqvimidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvlari ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, jamoamiz dastlabki o‘yinni safarda 10 sentyabr kuni Xitioyning «Seng Tou» jamaosiga qarshi olib boradi. Toshkentda o‘tadigan ilk tarixiy o‘yin esa 26 sentyabr kuniga belgilangan bo‘lib, unda Rossiyaning «Dinamo Tver» klubi mehmon bo‘ladi. Jamoaning dastlabki 6 o‘yini esa quyidagicha:

Foto: MOQ matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, Oliy xokkey ligasida Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va bu mavsumdan e’tiboran O‘zbekistondan jami 32 jamoa ishtirok etadi. Unda klublar divizion va konferensiyalarga ajratilgan holda o‘yin o‘tkazishadi. Turnir statusi bo‘yicha Kontinental xokkey ligasidan keyingi o‘rinni egallaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring